locale OZ

Superliga. “Dinamo” muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Dinamo” muhim g'alabani qo'lga kiritdi
FОТО: FC QO'QON-1912
O‘zbekiston Superligasi
27.06.2025, Yak.
Qo'qon-1912
2
Dinamo Samarqand
3

O'zbekiston Superligasi 14-turidan o'rin olgan bahsda “Qo'qon-1912” va “Dinamo” o'zaro to'qnash keldi va yakunda samarqandliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 11-daqiqada Jasur Xolto'rayev tomonidan ochildi (1:0). 30-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev muvozanatni tikladi (1:1).

43-daqiqada Salim Mustafoyev “Dinamo”ni hisobda oldinga olib chiqdi (1:2). 61-daqiqada Jasur Xolto'rayev dublni rasmiylashtirdi (2:2).

74-daqiqada esa Anvarjon Hojimirzayev samarqandliklarga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, “Dinamo" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 28 taga yetkazib oldi.

O'zbekiston Superligasi | 14-tur

“Qo'qon-1912” 2:3 “Dinamo”

Gollar: Jasur Xolto’rayev, 11 (1:0), Anvarjon Hojimirzayev, 30 (1:1), Salim Mustafoyev, 43 (1:2), Jasur Xolto’rayev, 61 (2:2), Anvarjon Hojimirzayev, 74 (2:3)

Chetlatish: Jahongir O’rozov, 45+5 (Dinamo)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting