locale OZ

RPL. Jahongir O‘rozov to‘liq o‘ynagan bahsda «Rubin» o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

Qozonliklar qatorasiga 4-o‘yinda ham yutqazib qo‘yishdi. Klub rahbariyati bosh murabbiy Frank Artigini iste’foga chiqarishga qaror qildi.
Futbol
RPL. Jahongir O‘rozov to‘liq o‘ynagan bahsda «Rubin» o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
photo: gettyimages
Rossiya Premer-ligasi
24.10.2026, Yak.
Rubin Qozon
0
Krilya Sovetov Samara
2

Rossiya Premer-ligasi 12-turida «Rubin» o‘z maydonida «Krilya Sovetov»ga qarshi bellashdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu bellashuvda Jahongir O‘rozov maydonda to‘liq harakat qildi. 48-daqiqada sariq kartochka oldi. O‘yindan so‘ng qozonliklar bosh murabbiyi Frank Artigani iste’foga chiqarishga qaror qildi.

Bu natijadan so‘ng Samara klubi ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Rubin» esa 12 ochko to‘plab, 10-pog‘onada.

RPL. 12-tur
Rubin — Krilya Sovetov 0:2
Gollar:
Vuyachich 71 avtogol, Rahmanovich 77 penalti.
Rubin: Staver, Arroyo, Teslenko, Vuyachich, Jahongir O‘rozov, Rojkov (Kuznetsov 72), Xodza (Bezrukov 72), Ivu (Yochich 81), Saavedra, Salsedo, Gripshi (Shabanxajay 81).
Ogohlantirish: Jahongir O‘rozov 48.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting