locale OZ

\"Qizilqum\" bosh murabbiyi qanday kasallik tufayli Serbiyaga ketgani ma’lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qizilqum" bosh murabbiyi qanday kasallik tufayli Serbiyaga ketgani ma’lum
PHOTO: championat azia

Navoiyning "Qizilqum" klubi bosh murabbiyi Nikola Lazarevich sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo tufayli Serbiyaga jo‘nab ketgani haqida O‘zPFL e’lon qildi. Uning o‘rniga jamoani vaqtincha Akmal Xoliqov boshqarib turadi.

Sports24.uz ma’lumotiga ko‘ra, Lazarevich mart oyi oxirlarida shamollab qolgan va 28-mart kungi OKMKga qarshi o‘yinda ham ukollar yordamida jamoani boshqargan. Keyingi tekshiruvda murabbiyda pnevmoniya aniqlangan. Shu sabab Lazarevich 30-mart kuni o‘z yurtiga jo‘nab ketishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘z uy o‘yinlarini Samarqandda o‘tkazayotgan "Qizilqum" bu murabbiy qo‘l ostida dastlabki 3 ta o‘yinda 3 ochko to‘pladi. 4-turdan o‘rin olgan "Xorazm"ga qarshi bahs Samarqanddagi siyosiy tadbirlar tufayli 6-iyunga qoldirildi.

"Qizilqum" navbatdagi o‘yinni 8-aprel kuni O‘zbekiston kubogi doirasida "Andijon FA"ga qarshi o‘tkazadi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting