Prevyu. «Andijon» - «Xorazm»
«Bobur arena»da yana katta futbol bayrami. Superliganing 19-turida «Andijon» jamoamiz «Xorazm»ni qabul qiladi.
Klublarning Oʼzbekiston chempionatidagi ilk oʼyini 1996 yildan boshlangan. Oʼshanda "Xorazm" "Dinamo Urganch" nomi bilan, "Andijon" esa "Navroʼz" deb atalgan. Bahs esa 1:1 hisobida yakunlangan.
Ushbu jamoalar chempionatda shu paytga qadar 19 o‘yinda maydonga tushishgan. «Andijon»da 11 ta, «Xorazm»da 4 g‘alaba bor. 4 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 40\19 «Andijon» foydasiga.
Joriy mavsum birinchi davrada Urganchda oʼtkazilgan oʼyinda jamoamiz safarda 0:3 hisobidagi gʼalabani qoʼlga kiritgan. Oʼshanda gollarga Andronikashvili, Iminov va Cheran mualliflik qilishgan.
«Andijon» o‘z maydonida so‘nggi bor «Xorazm»ni 2025 yilda mag‘lub etgan va o‘shanda 3:2 natijasi qayd etilgan. Qizigʼi, oʼsha yili jamoamiz mehmonda ham "Xorazm"ni 3:2 hisobida taslim qilgan.
Jamoalarning oxirgi 5 ta toʼqnashuvi
04.05.2026. "Xorazm" - "Andijon" - 0:3
21.11.2025. "Andijon" - "Xorazm" - 3:2
26.06.2025. "Xorazm" - "Andijon" - 2:3
16.11.2022. "Andijon" - "Xorazm" - 3:1
16.10.2022. "Xorazm" - "Andijon" - 0:1
Ushbu jamoalarning oʼzaro oʼyinlaridagi eng yirik hisob 2006 yilning 19 avgust kuni sodir boʼlgan boʼlib, unda jamoamiz raqibini 7:1 hisobida tor-mor keltirgan.
Ayni paytda turnir jadvalida «Andijon» 9-o‘rinda 24 ochko bilan, «Xorazm» esa 11-o‘rinda 20 ochko bilan bormoqda.