Suprliga. OKMK «Surxon» bilan nursiz durang o'ynadi, «Andijon» qiyinchilik bilan «Xorazm»ni mag'lub qildi
Superliga 19-turidan o‘rin olgan ikki bellashuv yakuniga yetdi. «Andijon» (27, 7-o‘rin) o‘z maydonida «Xorazm»ni (20, 11-o‘rin) qabul qildi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol zaxiradan o‘yinga qo‘ishlgan Martin Boake hisobiga yozildi.
«Surxon» (20, 13-o‘rin) klubi Olmaliqda OKMKga (29, 5-o‘rin) qarshi o‘ynadi. Termizliklar son jihatidan maydonda kamchilik bo‘lib qolganiga qaramay, nursiz durang o‘ynashga muvaffaq bo‘lishdi.
Superliga. 19-tur
OKMK – Surxon 0:0
OKMK – Abdunabiyev, Ahmadaliyev, Karimov, Toirov. Muqimjonov, Qosimov, Papava, Sentoku, Abdurazzaqov, Xolmurodov, Sobirjonov.
Surxon – Boymurodov, Shamsiyev, Tursunov, Sherbo‘tayev, Friday, Ramazonov, O‘ktamov, Qodirov, Tornike, Shukrullayev, Shaydulov.
Chetlatish: Shukurillayev 17.
Andijon – Xorazm 1:0
Gol: Boake 87
Andijon: Potapov, Andronikashvili, Xoldorxonov (Sulaymonov, 62), Ashortia (Turg‘unboyev,74), Iminov (Cheran, 62), Komilov, Chalasan, Temirov, To‘xtaxo‘jayev, Mahamadjonov, Turdimurodov (Boake, 73)
Xorazm: Ergashev, Azimov (Nugumanov,64), Shiryayev, Lohan, Ortiqboyev, Hamidjonov (Izzatov, 72), Rom, Pirmuhammadov, Hoshimov, Abduhamidov, Sabino.