locale OZ

Prevyu. Al-mumtoz. \"Neftchi\" - \"Paxtakor\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. Al-mumtoz. "Neftchi" - "Paxtakor"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
19.04.2025, Yak.
Neftchi Fargona
0
Paxtakor Toshkent
4

Superliganing 6-tur o‘yinida muxlislar o‘zbekcha mumtoz to‘qnashuv guvohi bo‘lishadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 60 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 28 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 97 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Farg‘onadagi bellashuvlarning 16tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 7 bahsda poytaxtliklar g‘alaba qozongan. Yetti o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik hisobda dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan.

"Sherlar"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Buyuk chinorlar"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 19 aprel, shanba kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 20:15da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting