locale OZ

\"Neftchi\"-\"Paxtakor\" o'yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Neftchi"-"Paxtakor" o'yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
19.04.2025, Yak.
Neftchi Fargona
0
Paxtakor Toshkent
4

"Neftchi"-"Paxtakor" o'yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Bu haqida “buyuk chinorlar” matbuoti xabar berdi.

"Xabaringiz bor, 19 aprel shanba kuni O‘zbekiston Superligasi 6-tur doirasida "Neftchi" Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Chiptalar faqat stadion kassalarida 40000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.

Stadion ma’muriyati futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rilishi bo‘yicha muxlislarni ogohlantiradi.

Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada ko‘rsatilgan joyda o‘tirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz",-deb yoziladi xabarda

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting