locale OZ

«Paxtakor» — «Surxon» uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan tahlil

Shuningdek, ushbu vaziyatda bosh hakam ofsayd holatida bo‘lgan “Paxtakor” futbolchisining darvozabon to‘pga o‘ynagan vaziyatda unga xalaqit qilgan yoki qilmaganini aniqlashi lozim edi.
«Paxtakor» — «Surxon» uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan tahlil
photo: UzFHM
O‘zbekiston Superligasi
21.08.2026, Yak.
Paxtakor Toshkent
0
Surxon
0

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida urilgan gol VAR hakami tomonidan ko‘rib chiqilib, chiziq chizilgandan so‘ng “Paxtakor”ning 17-raqamli futbolchisi to‘p uzatilgan vaqtda ofsayd holatida bo‘lgani hamda to‘p uchun faol kurash olib borgani haqida bosh hakamga ma’lumot berildi. Shundan so‘ng bosh hakam VAR hakamining ma’lumotiga asosan golni bekor qildi.

Ushbu vaziyatda ofsayd chiziqlari texnik jihatdan to‘g‘ri chizilgan bo‘lib, VAR hakami avvaliga darvoza ortidagi kameradan to‘pga zarba berilgan paytni qayd qildi va ofsayd kamerasi orqali himoyachi va hujumchiga ofsayd chiziqlarini chizdi. Qayd etib o‘tish lozimki, ofsayd chiziqlari “Hawk-Eye” kompaniyasi texniklari va VAR operatorlari tomonidan har bir uchrashuvdan oldin kalibrovka va kameralar sinxronizatsiyasi sozlangandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, ushbu vaziyatda bosh hakam ofsayd holatida bo‘lgan “Paxtakor” futbolchisining darvozabon to‘pga o‘ynagan vaziyatda unga xalaqit qilgan yoki qilmaganini aniqlashi lozim edi.

Darvozabon to‘pga o‘ynagan vaziyatda u va hujumchi o‘rtasida qisqa masofa bo‘lib, darvozabonda havodan kelayotgan to‘pga erkin egalik qilish imkoniyati bo‘lmagan. Darvozabon to‘pga teginishi bilanoq ofsaydda bo‘lgan “Paxtakor” hujumchisi unga tezkorlik bilan bosim o‘tkazgan va u bilan to‘p uchun kurashga kirishgan. Shu sababli VAR hakamining ofsayd bo‘yicha qarori to‘g‘ri bo‘lgan.

Biroq, mazkur vaziyatda VAR hakami emas, maydondagi bosh hakam qaror qabul qilishi lozim edi. VAR hakamining bosh hakamni vaziyatni monitor orqali qayta ko‘rib chiqishga chaqirmagani VAR protokoli talablarining buzilishiga olib keldi.

Ravshan Abduvohidov gol bilan bog‘liq vaziyat uchun emas, balki VAR protokoli talablarini buzib, bosh hakamni vaziyatni monitor orqali qayta ko‘rib chiqishga chaqirmagani sababli Superliganing 2026-yilgi mavsumi yakuniga qadar bosh hakam va VAR hakami sifatida hakamlik qilishdan chetlatildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting