locale OZ

«Paxtakor» futbol klubi hakamlar ustidan shikoyat kiritdi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Paxtakor" futbol klubi hakamlar ustidan shikoyat kiritdi
Фото: UzFHM
O‘zbekiston Superligasi
21.08.2026, Yak.
Paxtakor Toshkent
0
Surxon
0

Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" o‘yinining 90+3-daqiqasida Hojimat Erkinov tomonidan urilgan gol hakamlar tomonidan bekor qilindi. "Paxtakor" jamoasi kamerasidan olingan kadrda ofsayd yo‘qligi aniq ko‘rinib turibdi. Uni e’tiboringizga yana bir bor taqdim etamiz. Golni bekor qilish jarayonida VAR tizimi orqali hakamlarning qanday muloqot qilgani biz uchun qiziq. Ofsayd ehtimoli bor futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘pga o‘ynamagan, darvozabon to‘pni bemalol qarshiliksiz to‘xtatib, tepib yuborish jarayonida xatoga yo‘l qo‘ygan. Bu holatda o‘yin davom ettirilib, navbatdagi vaziyatga (faza) o‘tib ketgani sababli golni VAR orqali bosh hakam o‘zi ko‘ribgina bekor qilishi mumkin – futbolchining raqibga halal berish holati bo‘yicha (o‘yindan tashqari holat bo‘lgan vaqtda). Qoidalarga ko‘ra, himoyalanayotgan jamoa futbolchisi to‘pga ongli o‘ynagan-o‘ynamaganini aniqlashda bosh hakam monitor oldiga chaqirilishi kerak.

To‘p uzoq masofadan aniq ko‘rinib turgan holda yetib kelgan, sekin harakatlangan, himoyalanayotgan jamoa futbolchisi to‘pni nazorat qilish va tana harakatini muvofiqlashtirish uchun yetarli vaqtda ofsaydni aniqlash VAR protokoliga ko‘ra, bosh hakamni monitorga chaqirish orqali bekor qilinishi mumkin.

Biroq, VAR hakami bu golni qanday qilib bekor qilgani biz uchun qorong‘u. Agar biz shaffoflik, ochiqlik bilan ishlayotgan bo‘lsak, unda VAR audioyozuvlarining O‘ZFHM tomonidan e’lon qilinishini kutamiz. PFLdan ham bu masalada ko‘mak kutamiz, chunki PFL klublar huquqini himoya qilishda ishtirok etishi lozim. O‘zbek futbolida adolat, ochiqlik va shaffoflikni istasak, unda har bir o‘yinda muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyatlar audioyozuvlari ochiqchasiga taqdim etilsin.

Hakamlar tayinlanishi borasida ham savollar yetarli. 5 yilga futboldan chetlatilgan va uzoq vaqt o‘yinlarni boshqarish tajribasisiz yurgan Jasur Muxtorov 2026 yilning o‘zida, hakamlikka qaytganining to‘liq birinchi yilida hozirga qadar 11 bellashuvda bosh hakam sifatida ishladi. Birinchi mavsumning o‘zida buncha ko‘p o‘yinlarda ishlash jahon darajasidagi hakamlarga ham nasib etmagan. O‘yin davomida u futbolchilarimizga nisbatan ishlatilgan bir necha qo‘polliklarni e’tiborsiz qoldirdi. Muxtorov 2 tur avval Toshkentda "Buxoro"ga qarshi bellashuvda raqib qo‘pollik ishlatib urgan golni VARda ishlaganda inobatga olgandi. "Surxon" bilan bellashuvda VAR hakami Ravshan Abduvohidov 3 tur oldin jamoa ishtirokidagi o‘yinda raqibning ko‘plab qo‘polliklarini e’tiborsiz qoldirgandi. Kecha VAR orqali chiqargan noto‘g‘ri qarori "Paxtakor"ni muhim ochkolardan mahrum qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting