locale OZ

«Paxtakor» – «Surxon». O‘zaro bellashuvlarda kim ustun?

Hozirgacha jamoalar chempionatlar doirasida 39 bahsda to‘qnash kelishgan.
«Paxtakor» – «Surxon». O‘zaro bellashuvlarda kim ustun?
Фото: Пахтакор ПФК
O‘zbekiston Superligasi
21.08.2026, Yak.
Paxtakor Toshkent
0
Surxon
0

Superliga 18-tur o‘yinida "Paxtakor" 21 avgust kuni Toshkentda "Surxon"ni qabul qiladi.

Hozirgacha jamoalar chempionatlar doirasida 39 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 28tasida "Paxtakor", 7tasida esa "Surxon" zafar quchgan. To‘rt marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 113 marta ishg‘ol qilgan "Sherlar" 34 to‘p o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi 19 to‘qnashuvning 16tasida "Paxtakor", 2tasida "Surxon" g‘alaba qozongan. Bir o‘yinda durang qayd etilgan. "Sherlar" Toshkentda 15 g‘alabadan 11tasida yirik hisobda zafar quchganlar. O‘z maydonimizda gol urish borasida ko‘rsatkichlar 70:12ni tashkil qiladi.

O‘zaro bahslardagi eng yirik natija 2004 yilda kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" termizliklarni 8:0 hisobida dog‘da qoldirgan.

"Paxtakor" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 21 avgust, juma kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting