«Paxtakor» – «Surxon» uchrashuvidagi bahsli vaziyat
Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi gol urdi.
photo: UzFHM
O‘zbekiston Superligasi
21.08.2026, Yak.
Paxtakor Toshkent
0
Surxon
0
“Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvidagi bahsli vaziyat.
Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi gol urdi.
Ushbu vaziyat VAR hakami tomonidan ko‘rib chiqilib, chiziq chizilgandan so’ng “Paxtakor”ning 17-raqamli futbolchisi to‘p uzatilgan vaqtda ofsayd holatida bo‘lgani hamda to‘p uchun faol kurash olib borgani haqida bosh hakamga ma’lumot berildi. Shundan so‘ng bosh hakam VAR hakamining ma’lumotiga asosan golni bekor qildi.
Biroq, mazkur vaziyatda VAR hakami bosh hakamni monitor orqali vaziyatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirmasdan xatoga yo‘l qo‘ydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor