«Paxtakor» «Dinamo» bilan bahsda g'alabani saqlab qola olmadi
Superliga 19-turida «Dinamo» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Dastlab 62-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ochdi. 87-daqiqada esa Behruz Oblaqulovning uzatmasidan so‘ng Firdavs Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, «Paxtakor» ochkolari sonini 40 taga yetkazib, peshqadam «Neftchi»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. «Dinamo» esa 26 ochko bilan 9-pog‘onada.
Superliga, 19-tur
Dinamo – Paxtakor 1:1
Gollar: Firdavs Abdurahmonov 87 - Hojimat Erkinov 62.
Dinamo: Nemanov, Radayev, Shtefan, Amonov (Oblaqulov, 62), Jumaboyev, Abdusalomov, Xudoyberdiyev, O‘rmonjonov (To‘xtasinov, 62), Stanoyevich, Xaydarevich (Haydarov, 62), Abdurahmonov.
Paxtakor: Quvvatov, Saitov, Abdumajidov, Mozgovoy, Nasrullayev, Bo‘riyev, Sobirxo‘jayev, Ibrahimov (Alijonov, 90), Erkinov (Resan, 78)), Flamarion (Hamdamov, 90), Chinedu (Ayman, 78).