locale OZ

«Ha, yetakchilar bilan yutqazmayapmiz, ammo uydagi o‘yinlarni yutish kerak» – Vadim Abramov

"Dinamo" bosh murabbiy o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ha, yetakchilar bilan yutqazmayapmiz, ammo uydagi o‘yinlarni yutish kerak» – Vadim Abramov
Фото: Динамо ПФК
O‘zbekiston Superligasi
25.08.2026, Yak.
Dinamo Samarqand
1
Paxtakor Toshkent
1

"Dinamo" - "Paxtakor" (1:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz ustozi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Vadim Karlenovich, jangovar o‘yin va durang – o‘yin haqida fikringiz?
- Eng avvalo, barchani bayram bilan tabriklayman. Bunday kunda futbolchilar barcha uchun bayram kayfiyatini yaratib berishi kerak. O‘yin, menimcha, muxlislarga yoqdi, kimdir yutishi, kimdir esa mag‘lub bo‘lishi mumkin edi. Durangga mos bahs bo‘ldi, deb o‘ylayman. Afsuski, uyda ochko yo‘qotdik, ammo keyingi bahslarda g‘alaba qozonib ochkolarni o‘z o‘rniga qo‘yishimiz kerak.

- Ammo "Neftchi" va "Paxtakor" singari yetakchilardan ochko olinishi – munosib natija, shunday emasmi?
- Bu qanday qarashga bog‘liq. To‘g‘ri, yetakchilar bilan yutqazmadik, lekin ikkinchi tomondan uydagi o‘yinlarni muxlislar oldida yutishimiz kerak.

- Anvarjon Hojimirzayev bugun ham maydonga tushmadi, uning holati haqida gapirsangiz...
- Afsuski, Anvarning jarohati hamon o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shu sabab tavakkal qilmadik. U davolanishda davom etsin, keyingi o‘yinda holatini ko‘ramiz. Bugun, shubhasiz, uning o‘rni bilinib qoldi. Zaxiramiz hozircha shunday.

- "Paxtakor"dek million dollargacha maosh oladigan o‘yinchisi bor jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Jamoangizning yetakchisi yo‘q paytda boshqalarni qanday ruhlantiryapsiz?
- Kuchli jamoalarga qarshi nima deb ruhlantirish mumkin? Bunday paytda futbolchilarning o‘zi allaqachon ruhlangan bo‘ladi. O‘zingiz aytdingiz, qancha maosh olishadi, biznikilar ham ular darajasida ekanini isbotlashga harakat qiladi. Lekin hasad yomon, buni umuman o‘ylamasdan maydonga chiqib o‘ynash kerak.

- Abdug‘afur Haydarov o‘yinga qo‘shilib, burilish yasay olmadi, uning o‘yini haqida fikringiz?
- Haydarov shunday o‘yinchi-ki, o‘yinni o‘z qo‘liga olishga va doim zarba berishga intiladi. U menga Kerjakovni eslatadi – doim "uraman" deydigan. Yaqinda kelgan va moslashib bormoqda. Haydarovning taktikamizga to‘liq moslashishini kutyapmiz.

- Edem Nemanovga qarab ko‘p asabiylashgandek bo‘ldingiz, bu nima bilan bog‘liq?
- Men shunchaki uning to‘pni tezroq o‘yinga kiritishini xohladim. U to‘pni o‘yinga kiritishda ko‘plab holatlarda sekin harakat qildi. Ammo maydon tashqarisida gapirish oson, maydonda esa futbolchilar o‘zlari qaror qabul qiladi, - dedi Vadim Karlenovich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting