O‘zbekiston U20 terma jamoasi Ozarbayjon termasi ustidan g‘alaba qozondi
O‘zbekiston U20 terma jamoasi Ozarbayjon termasi ustidan g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan so‘ng, O'zbekiston U20 terma jamoasi futbolchilari quyidagi fikrlarni bildirib o'tishdi:
Meruert Rahmatullayeva :
Bugun juda yaxshi o‘yin namoyish eta oldik. Birinchi bahsdagi mag‘lubiyat juda alamli bo‘lgan edi. Bugun revansh olishni uddaladik. Endi ushbu yig‘inni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlay olamiz. Nasib etsa, kelgusi o‘yinlarda ham, Osiyo chempionatida ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritib, xalqimizni xursand qilish niyatimiz bor.
Nazira Sayfiddinova :
O‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyat uchun revansh olganimizdan xursandman. Osiyo kubogiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Rahbariyatga yaratib berilgan sharoitlar uchun rahmat aytamiz.
Nilufar Nurmuhammadova :
Bugungi o‘yinda hamma yaxshi harakat qildi. Birinchi bahsdagi xatolarni takrorlamaslik ustida ishlagan edik va buni bugun amalda ham ko‘rsata oldik. Raqib jamoa futbolchilari judayam keskin harakatlar qilishdi. Lekin biz ham qo‘limizdan kelgancha harakat qildik va muhim g‘alabaga erishdik.