YEKL. «Qayrat» o‘z maydonida «Melbyu»ni mag‘lub etdi
Qozog‘istonliklar 4-turga kelib turnirdagi ilk g‘alabasiga erishdi.
Futbol
photo: gettyimages
Konferensiyalar ligasi
26.11.2026, Yak.
Qayrat Oma ota
1
Mjaellby
0
Yevropa konferensiyalar ligasi 4-turida «Qayrat» hamda «Melbyu» jamoalari o‘zaro bellashdi.
Olmaotadagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 14-daqiqada «Qayrat» himoyachisi Yerkin Tapalov tomonidan kiritildi.
Umumiy bosqichning 5-turida «Melbyu» 10 dekabr kuni o‘z maydonida «Pafos»ni qabul qiladi. «Qayrat» esa shu kuni «Universitatya» jamoasiga qarshi o‘z maydonida bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Konferensiyalar ligasining amaldagi g‘olibi — Angliyaning «Kristal Pelas» klubi hisoblanadi.
YEKL. 4-tur
Qayrat – Melbyu 1:0
Gol: Tapalov 14.