locale OZ

O'zbekiston jamoasi Jimxana bo'yicha Osiyo chempionati yetakchilari qatorida

28–29-noyabr kunlari Taybeyda (Tayvan) Asia Auto Gymkhana Championship 2026 (AAGC) chempionatining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
O'zbekiston jamoasi Jimxana bo'yicha Osiyo chempionati yetakchilari qatorida
photo: Autosport Uzbekistan

28–29-noyabr kunlari Taybeyda (Tayvan) Asia Auto Gymkhana Championship 2026 (AAGC) chempionatining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda mavsum yakunlari bo‘yicha eng kuchli pilotlar aniqlanadi.

O‘zbekiston sharafini to‘rt nafar sportchi himoya qiladi:
Olim Ahmadjonov
Dilshod Yusupov
Sabina Yusupova
Samina Ahmadjonova

Eslatib o‘tamiz, chempionatning Gonkongda o‘tkazilgan avvalgi bosqichida sportchilarimiz erkaklar va ayollar juftlik hisobida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgan edilar. Muvaffaqiyatli ishtiroklar natijasida O‘zbekiston terma jamoasi chempionatning umumiy hisobida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Endi pilotlarimizni mavsumning hal qiluvchi bosqichi kutmoqda. Ular sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradilar.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting