locale OZ

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov xizmat safari bilan Portugaliyada bo‘lib turibdi

Uchrashuv yakunida tomonlar qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Futbol
O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov xizmat safari bilan Portugaliyada bo‘lib turibdi
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov xizmat safari bilan Portugaliyada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida O‘FF rahbari Portugaliya futbol federatsiyasi apparati rahbari Karlos Netu hamda federatsiyaning futzal yo‘nalishi bo‘yicha murabbiylar malakasini oshirish markazi rahbari Pedro Dias bilan uchrashdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat futzalini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi:

O‘zbekistonlik murabbiylar uchun portugaliyalik tajribali mutaxassislar ishtirokida Portugaliya futzalining ilg‘or tizim va metodikalari asosida seminarlar, treninglar hamda o‘quv kurslarini tashkil etish;

O‘zbekiston terma jamoalari murabbiylarining Portugaliyada malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun imkoniyatlar yaratish;

ikki mamlakat futzal mutaxassislari o‘rtasida muntazam tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

kelgusida O‘zbekiston va Portugaliyaning milliy, yoshlar hamda o‘smirlar futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish.

🇺🇿🇵🇹 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlash, futzal sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Portugaliyaning ilg‘or tajribalarini o‘rganish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting