«Nitsa»ning ikki nafar futbolchisi muxlislar hujumchi oqibatida jarohat oldi
«Nitsa» futbolchilari Jeremi Boga va hujumchi Teremas Moffi muxlislar hujumi oqibatida jarohat oldi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Dushanba kuni o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng Boga besh kun maydonga chiqa olmasligi, Moffi esa yakshanbagacha shifoxona varaqasida qolishi ma’lum qilindi.
Hodisa yakshanba oqshomida, Liga 1’ning 14-turidan o‘rin olgan «Loryan»ga (1:3) qarshi o‘yindan keyin «Nitsa»ning mashg‘ulot bazasi yaqinida yuz bergan. Jamoaning ketma-ket olti mag‘lubiyatidan norozi bo‘lgan taxminan 400 nafar muxlis futbolchilar bilan suhbatlashish uchun to‘plangan.
Futbolchilar avtobusiga bir muxlis kiritilgan, biroq u tez orada futbolchilardan transportni tark etishni talab qilgan. Tashqariga chiqqanlaridan so‘ng futbolchilar haqorat qilina boshlagan va ayrim o‘yinchilarga muxlislar tomonidan jismoniy hujum ham sodir etilgan.
Fransiya chempionatining 14 ta o‘yinidan so‘ng «Nitsa» 17 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.