«Nitsa» 2025 yilda 24 marta magʻlubiyatga uchradi
«Nitsa» Fransiya chempionatining 16-turida «Lans»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, yangi antirekordlarni yangiladi. Bu natija jamoaning hozirgi inqirozini yana bir bor ko‘rsatdi.
Joriy yil hisobiga «Nitsa» barcha turnirlarni hisobga olganda 2025 yilda 24 marta mag‘lubiyatga uchradi. So‘nggi marta klub bunday yomon natija qayd etgan yili 1987 yil bo‘lib, o‘shanda ham jamoa yil davomida 24 ta o‘yinda yutqazgandi. Shu tariqa, bu natija klub tarixidagi bir kalendar yil ichidagi mag‘lubiyatlar bo‘yicha antirekordni takrorladi.
Shuningdek, «Nitsa» barcha musobaqalarda ketma-ket to‘qqizinchi marta mag‘lub bo‘ldi. Bu ketma-ketlik klub tarixidagi yangi antirekord hisoblanadi, chunki ilgari jamoa bunday ko‘p uchrashuvda ketma-ket yutqazmagan.
Ushbu natijadan so‘ng «Nitsa» Liga 1 turnir jadvalida 13-o‘ringa tushib qoldi. Navbatdagi o‘yinda jamoa Fransiya Kubogi 1/32 finalida «Sent-Etyen»ga qarshi maydonga tushadi.