locale OZ

Niderlandiya so‘nggi 67 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

67 yil avval ham Niderlandiyani aynan Germaniya terma jamoasi yirik hisobda yenggan edi.
Futbol
Niderlandiya so‘nggi 67 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
16.11.2026, Yak.
Germaniya
5
Niderlandiya
0

Niderlandiya terma jamoasi Millatlar ligasining so‘nggi turida Germaniyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, 67 yildan ortiq vaqt davomida kuzatilmagan salbiy natijani takrorladi.

Opta statistika markazi ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyaliklar 1959-yil oktabr oyidan buyon ilk marta besh yoki undan ko‘proq gol farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi.

E’tiborlisi, 67 yil avval ham Niderlandiyani aynan Germaniya terma jamoasi yirik hisobda yenggan edi. O‘shanda nemislar raqib darvozasiga yettita javobsiz gol kiritib, 7:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Bu galgi uchrashuvda Yurgen Klopp boshchiligidagi Germaniya birinchi bo‘lim yakuniga yaqin hisobni ochdi.

Tanaffusdan keyin esa mezbonlar yana to‘rt marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahsni 5:0 hisobida yakunladi.

Mazkur natija Germaniyaga Millatlar ligasida o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Germaniya, Niderlandiya va Gretsiya terma jamoalari guruh bosqichini 11 ochkodan jamg‘argan holda yakunladi. Biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha nemislar birinchi pog‘onadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasiga joriy yil yozidan buyon ispaniyalik mutaxassis Xavi Ernandes bosh murabbiylik qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting