Zagreb Grand Prix 2026 turnirini ikkita medal bilan yakunladik
Zagreb Grand Prix 2026 turnirini ikkita medal bilan yakunladik.
Besh nafar sportchi bilan Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida tashkil etilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi ikkita medal hamda muhim reyting ochkolari bilan Toshkentga qaytmoqda.
Ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng professional faoliyatini qayta tiklagan Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u o‘z hisobiga Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi yo‘lidagi 350 reyting ochksini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Muhimi, Diyora sekin-asta avvalgi sport formasiga kirib bormoqda.
-81 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz Murodjon Yo‘ldoshev esa finalga qadar yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yo‘ldoshev hisobiga 490 reyting ochkosi qo‘shildi.