Liga 1. «Parij» autsayder «Anje»ni tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Poytaxtliklar turnin jadvalida hamshaharlari peshqadam «PSJ»dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Futbol
photo: gettyimages
Liga 1 Fransiya
22.11.2026, Yak.
Paris FC
4
Angers
0
Fransiya chempionatining 11-turida «Parij» o‘z maydonida «Anje»ni qabul qilib, 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limda darvozalarga gol kiritilmadi. Dastlabki gol 47-daqiqada Zabi Gueu hisobiga yozildi. Oradan ko‘p o‘tmay, 55-daqiqada Luka Koleosho jamoasining ustunligini mustahkamladi.
65-daqiqada Maksim Lopes hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, yana yetti daqiqa o‘tib Diyego Koppola «Parij»ning to‘rtinchi golini kiritdi.
Bu g‘alabadan so‘ng poytaxtliklar 23 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Anje» esa 8 ochko bilan 17-pog‘onada.
Fransiya chempionati. 11-tur
Parij — Anje 4:0
Gollar: Gueu 47, Koleosho 55, Maksim Lopes 65, Koppola 72.