locale OZ

«Manchester Siti» Rodri o‘rniga Ayub Buaddini olib kelmoqchi

Tomonlar 2031 yilning yozigacha amal qiladigan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Rodri o‘rniga Ayub Buaddini olib kelmoqchi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” “Real” klubiga o‘tishga yaqin turgan ispan tayanch yarim himoyachisi Rodri o‘rniga munosib nomzod topdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fransiyaning “Lill” klubida to‘p surayotgan marokashlik yarim himoyachi Ayub Buaddi “shaharliklar” safiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Tomonlar 2031 yilning yozigacha amal qiladigan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.

Avvalroq OAVda “Lill” 18 yoshli iqtidor egasini sotishdan 100 million yevro daromad qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Rodri ham “Real”ga o‘tishga rozilik bildirgan.

Buaddi o‘tgan mavsum klub safida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, marokashlik yarim himoyachining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting