Ligue 1. «Marsel» «Nitsa»ni tor-mor qilib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Fransiya chempionatida 13-tur uchrashuvlari boshlandi.
ФОТО: Getty images
Fransiya chempionatining 13-turini ochib bergan bahsda “Marsel” safarda “Nitsa”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv 5:1 hisobida mehmonlar g‘alaba qozondi. O‘yinda Meyson Grinvud dublga erishdi. Obameyang va Vea ham to‘p kiritishdi.
Shu tariqa, “Marsel” ochkolarini 28 taga yetkazib, bir o‘yini kam “PSJ”ni (27) ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi. “Nitsa” 17 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
Ligue 1. 13-tur
“Nitsa” — “Marsel” 1:5
Gollar: Cho (63) — Obameyang (11), Grinvud (33, 53), Vea (58), Payshao (74).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist