locale OZ

20 million Magnus Karlsenni jahon chempionligi uchun kurashga qaytara oladimi?

Magnus Karlsenga katta mukofot jamg‘armasi evaziga yana klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurashishga tayyormi, degan savol berildi.
Boshqa sport turlari
20 million Magnus Karlsenni jahon chempionligi uchun kurashga qaytara oladimi?
photo: gettyimages

20 million Magnus Karlsenni jahon chempionligi uchun kurashga qaytara oladimi?

Magnus Karlsenga katta mukofot jamg‘armasi evaziga yana klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurashishga tayyormi, degan savol berildi.

"Faraz qilaylik, mukofot jamg‘armasi 20 million bo‘lsa, jahon chempionligi uchun yana kurashishga rozilik berarmidingiz?"

Karlsenning javobi:

"Albatta, ko‘pchilikni ma’lum bir summa evaziga ko‘ndirish mumkin. Ammo bu summa qancha ekanini taxmin qilmoqchi emasman.

Sport nuqtayi nazaridan qaraganda esa, shaxmatda meni uzoq davom etadigan klassik matchdan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradigan boshqa ko‘plab narsalar bor".

Shunday qilib, Karlsen katta pul evaziga qaytish imkoniyatini butunlay rad etmadi. Biroq hozircha uzoq davom etadigan klassik matchdan ko‘ra shaxmatning boshqa jihatlari unga qiziqroq ekanini bildirdi.

Sizningcha, Magnusni yana jahon chempionligi uchun kurashga qaytarish mumkinmi?

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting