locale OZ

«Arsenal» koreyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Arsenal» koreyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
Фото: Getty Images

«Arsenal» qishki transfer oynasida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Teamtalk xabariga ko‘ra, London klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasida to‘p surayotgan janubiy koreyalik Kim Min Jeni o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli himoyachiga Londonning yana bir jamoasi — «Tottenhem» ham qiziqish bildirmoqda. Shu tariqa, ikki klub futbolchi uchun raqobatlashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Kim Min Jening bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik himoyachi ushbu mavsum Germaniya Bundesligasida uchta bahsda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting