Futzal bo‘yicha 2026/2027-yilgi mavsum mamlakat birinchiligi — Birinchi liga bahslari dekabr oyining ikkinchi o'n kunligidan boshlanadi
Futzal bo‘yicha 2026/2027-yilgi mavsum mamlakat birinchiligi — Birinchi liga bahslari dekabr oyining ikkinchi o'n kunligidan boshlanadi.
Yangi mavsumda ham 8 ta jamoa g‘oliblik va Oliy ligaga yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
Musobaqa formati o‘zgarishsiz qoladi. Jamoalar ikki davra, 4 ta tur davomida o‘zaro kuch sinashadi. Yakunda birinchilik g‘olibi Oliy ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa esa o‘tish uchrashuvlari orqali kuchlilar safidan joy olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Sirdaryo viloyatining "Sayxun" futzalchilari Birinchi ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Xorazm” PFC o‘tish uchrashuvi orqali Oliy liga yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.
E’tiborlisi, yangi mavsumda har ikki jamoa ham Oliy ligadagi debyutini muvaffaqiyatli boshlab, kuchlilar safida munosib ishtirok etmoqda.