locale OZ

Islom Ahmedov: «Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi»

Vodiy derbisi doirasidagi «Andijon» - «Neftchi» o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.
Islom Ahmedov: «Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi»
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
13.08.2026, Yak.
Andijon
0
Neftchi Fargona
3

Vodiy derbisi doirasidagi «Andijon» - «Neftchi» o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

- Muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Juda alamli mag'lubiyatga uchradik. Bizni tinmay qo'llab-quvvatlab kelayotgan ishqibozlarimiz oldida juda uyatdamiz. O'yinga kelsak, qizil kartochkagacha uchrashuv tizgini bizning nazoratimiz ostida o'tayotgandi. Birgina qizil kartochka hamma rejalarimizni buzib yubordi. Uni joyini to'ldirgunimizcha birinchi golni o'tkazib yubordik.

- Mag'lubiyatni asosiy sababchisi kim deb o'ylaysiz?

- Mag'lubiyatga uchragandan keyin baribir murabbiy aybdor bo'ladi. Qo'ldan kelgancha tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi taymda yomon o'ynamadik. Hujumlarimiz ko'p bo'ldi, to'pni nazorat qildik. Ikkinchi taymni boshidagi kutilmagan qizil kartochka barcha rejalarimizni buzdi. U o'yinchimizni ham atay qildi, deb ayta olmaymiz. Balki emosiyada o'zini to'xtata olmagandir. Futbolchilarimiz ham professional bo'lishi va o'zini boshqarishni ham bilishi kerak. Qizil kartochka xissiyot orqali yuz berdi. Qolgan joyda futbolchilarimiz 100 foiz borini berishdi. Ayblash noto'g'ri.

- O'sha qizil kartochka butun boshli jamoaning o'yinini, tayyorgarligini o'zgartirib yubordi. Oxirgi uchrashuvlarda qizil kartochkalar ko'paymoqda. Buni oldini olish uchun jamoada ruhiy tayyorgarlik ham olib boriladimi?

- Baribir futbol hissiyotlarga boy. Tushuntiramiz, gapiramiz. Futbolchilar ham o'zini boshqarishni bilishi kerak. Futbolchilar maydonda o'zini boshqara bilishi kerak. O'yinchilarimiz ham atay qilishyapti, deb o'ylamayman.

- «Andijon» yozgi ta'tilgacha yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Yozgi tanaffusdan so'ng 6 ta o'yin o'tdi va 5 ochko oldi, xolos. Bu natija murabbiylar shtabini o'ylantirmayaptimi?

- Albatta. Izlanyapmiz, kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Ko'rib chiqamiz. O'yin tomonlama yomon o'ynamayapmiz. Biroq yakuniy hujumlar bo'yicha bizda muammolar bo'layotgandi. Mana, yangi hujumchi oldik. Bugun ham yaxshi o'ynayotgandik, ammo qizil kartochkadan keyin vaziyat o'zgardi.

- Shoxmalik Komilov nega o'yin qaydnomasiga kiritilmadi?

- Qaydnomaga 20 ta o'yinchi kiritiladi. Hamma o'yinchilarga imkoniyat beramiz. Mashg'ulotlar jarayonida kuzatib boramiz. Har bir chiziqqa o'yinchilar qoldirishimiz kerak bo'ladi. Bizda raqobat kuchli. Bu uchrashuvda Shoxmalikka dam berishga qaror qildik. U safimizga yig'inimiz yakunlanayotgan paytda qo'shildi. Hali bizning o'yin uslubimizni to'liq tushunib yetgani yo'q. Shu bois futbolchiga dam berib turdik.

- Bu mag'lubiyatni omad bilan bog'laysizmi? Holbuki, jamoangizda gol urish uchun bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, darvozabon, himoyachilar qaytarib qolishdi...

- Omaddan ko'ra, taqdir deb o'ylaymiz. Harakat qildik, bugun yutqazish peshonamizga yozilgan ekan.

- Jamoaga qabul qilingan Nodirxon Ne'matxonov ko'p o'tmasdan shartnomani bekor qilib ketdi. Shuningdek, darvozabon Rustamjonovni ketishiga nima sabab bo'ldi?

- Nodirxon Ne'matxonovga «Qizilqum»dan o'yin amaliyoti bo'yicha aniq taklif berishgan. Bizda aytganimizdek, raqobat kuchli. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan joyga o'zi tanladi. Rustamjonov bilan 6 oyga kelishilgan ekan va u «Respublika FA» jamoasiga ketdi.

- Yozgi transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Ochig'i, ro'yxatimizda bir qator o'yinchilar bor edi. Ularni hammasini ham ololmadik. Oxirgi kungacha futbolchilar bilan aloqada bo'ldik. Olishga harakat qildik. YAxshiki, Rustam Turdimurodovni jalb qila oldik.

- «Neftchi» Izzatilla Po'latovni «Andijon»ga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan ekan, lekin «Andijon» bu taklifni rad etibdi. SHu holatga to'xtalib o'tsangiz.

- Rahbariyat hal qiladi. Ayrim sabablarga ko'ra o'xshamadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting