locale OZ

Imeda Ashortia: «Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlayman»

Jamoamizning gruziyalik tajribali futbolchisi Imeda Ashortia yaqinda jarohat olib, safdan chiqqandi.
Imeda Ashortia: «Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlayman»
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
13.08.2026, 10.00
Andijon
-
Neftchi Fargona
-

Andijonning gruziyalik tajribali futbolchisi Imeda Ashortia yaqinda jarohat olib, safdan chiqqandi. U davolanish uchun yurtiga borib keldi.

Hozirgi holati qandayligi borasida Ashortia klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Mashg'ulot paytida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga qarshi o'yin oldidan jarohat oldim. Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Kerak bo'lgan barcha muolajalarni o'tab bo'ldim. Jarohat oson emasdi, lekin, Xudoga shukr, hozir ahvolim ancha yaxshilandi.

Hozirgacha uch-to'rtta individual mashg'ulot o'tkazishga ulgurdim. Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlayman. Imkon qadar tezroq safga qaytishga umid qilyapman. Men doim qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman va jamoaga imkon qadar tezroq qaytish uchun bor kuch-g'ayratimni sarflayman”, - deydi Imeda.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” jamoasi Superliganing 17-turi doirasida 13 avgust kuni “Bobur arena”da “Neftchi”ni qabul qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting