locale OZ

Forbes dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi 10 nafar futbolchisini e’lon qildi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinni egalladi.
Forbes dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi 10 nafar futbolchisini e’lon qildi
Фото: Getty Images

Forbes nashri 2026/27 yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinni egalladi.

Nashr baholashicha, portugaliyalik futbolchining mavsum davomidagi umumiy daromadi 300 million dollarni tashkil etadi. Bu uning eng yaqin ta’qibchisi — «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining daromadidan ikki baravar ko‘p.

Forbes talqiniga ko‘ra, dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi 10 futbolchisi:

1. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») — 300 million dollar (250 million dollar klubdan, 50 million dollar boshqa manbalardan).

2. Lionel Messi («Inter Mayami») — 145 million dollar (70 million dollar klubdan, 75 million dollar boshqa manbalardan).

3. Kilian Mbappe («Real») — 100 million dollar (70 million dollar klubdan, 30 million dollar boshqa manbalardan).

4. Erling Holand («Manchester Siti») — 85 million dollar (60 million dollar klubdan, 25 million dollar boshqa manbalardan).

5. Vinisius Junior («Real») — 76 million dollar (48 million dollar klubdan, 28 million dollar boshqa manbalardan).

6. Lamin Yamal («Barselona») — 55 million dollar (35 million dollar klubdan, 20 million dollar boshqa manbalardan).

7. Sadio Mane («An-Nasr») — 54 million dollar (50 million dollar klubdan, 4 million dollar boshqa manbalardan).

8. Jud Bellingem («Real») — 45 million dollar (29 million dollar klubdan, 16 million dollar boshqa manbalardan).

9. Harri Keyn («Bavariya») — 42 million dollar (29 million dollar klubdan, 13 million dollar boshqa manbalardan).

10. Muhammad Saloh («Trabzonspor») — 40 million dollar (20 million dollar klubdan, 20 million dollar boshqa manbalardan).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting