Shaxmat. O‘zbekiston 2027-yilgi Jahon kuboklari uchun ikkita yo‘llanmaga ega bo‘ldi
O‘zbekiston 2027-yilgi Jahon kuboklari uchun ikkita yo‘llanmaga ega bo‘ldi.
FIDE Samarqandda o‘tkazilgan 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasi natijalariga ko‘ra, kelasi yilgi Jahon kubogi va ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi uchun ajratilgan yo‘llanmalarni e’lon qildi.
O‘zbekiston har ikkala musobaqada bittadan yo‘llanmaga ega.
Ochiq yo‘nalish — 1 ta yo‘llanma
Ayollar yo‘nalishi — 1 ta yo‘llanma
Olimpiadani 13-o‘rinda yakunlagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham 2027-yilgi Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Yo‘llanmalar kimlarga beriladi?
FIDE qoidalariga ko‘ra, har bir milliy federatsiya Olimpiadada qatnashgan jamoasi a’zolaridan birini tanlaydi. Agar barcha a’zolar boshqa yo‘l bilan saralangan yoki ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lsa, federatsiya boshqa shaxmatchini ham ko‘rsatishi mumkin.
Yakuniy vakillar 2027-yilning 1–15-iyul kunlari tasdiqlanishi kutilmoqda.
Umumiy hisobda Olimpiada natijalari orqali ochiq yo‘nalishda 83 ta, ayollar yo‘nalishida esa 45 ta milliy federatsiya Jahon kubogi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Samarqanddagi Olimpiada O‘zbekiston shaxmatchilariga nafaqat medallar, balki kelgusi yildagi eng nufuzli xalqaro musobaqalardan birida qatnashish uchun yangi imkoniyatlar ham taqdim etdi.
Sizningcha, O‘zbekistonning ushbu ikki yo‘llanmasi kimlarga berilishi kerak?