Bobur Toshtemirov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni va rekordchisi
Mazkur g‘alaba O‘zbekiston para velosporti tarixida Para Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal sifatida tarixga kirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: paralympic
Bobur Toshtemirov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni va rekordchisi.
Para velotrek bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 3 km masofaga yakka ta’qib poygasi finalida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bobur Toshtemirov koreyalik raqibidan ustun kelib, 3:51.977 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, hamyurtimiz ushbu natija orqali Para Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi!
Mazkur g‘alaba O‘zbekiston para velosporti tarixida Para Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal sifatida tarixga kirdi. Bobur Toshtemirov, shuningdek, delegatsiyamizga ushbu musobaqadagi ilk oltin medalni taqdim etdi!
Boburni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz! Sportchimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.