locale OZ

\"Uzbekistan Open\" xalqaro turniri startiga yetti kun qolmoqda

Namangan yana bir nufuzli sport musobaqasiga mezbonlik qilish arafasida.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Uzbekistan Open" xalqaro turniri startiga yetti kun qolmoqda
photo: taekvando Uzbekistan

Namangan yana bir nufuzli sport musobaqasiga mezbonlik qilish arafasida.

Xabar berganimizdek, joriy yilning 26–30-oktyabr kunlari Namangan shahridagi «Pahlavon» sport majmuasida an’anaviy «Uzbekistan Open» xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi «Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-337-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Butunjahon taekvondo federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyuradigan mahoratli sportchilar, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi taekvondochilari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Besh kun davom etadigan musobaqada muxlislarni shiddatli bellashuvlar, murosasiz kurash va yorqin sport lahzalari kutmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting