locale OZ

Dzyudo. O'zbek sportchilari Aktau Asian Open 2026 turnirini 13 ta medal bilan yakunladi

Erkaklar o‘rtasidagi -100 va +100 kg vazn toifalarida o‘zbekistonlik dzyudochilar chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. O'zbek sportchilari Aktau Asian Open 2026 turnirini 13 ta medal bilan yakunladi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Qozog‘istonning Aktau shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Turar Joldibayev xotirasiga bag‘ishlangan Aktau Asian Open 2026 turniri o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning ikkinchi kuni og‘ir vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi. Erkaklar o‘rtasidagi -100 va +100 kg vazn toifalarida o‘zbekistonlik dzyudochilar chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

Ikki kunlik musobaqada dzyudochilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Xalqaro turnir chempionlari 100 reyting ballarini o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

G‘olib va sovrindor dzyudochilarimiz:

Oltin medallar
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-73 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov
-100 kg: Mirjalol Normo‘minov
+100 kg: Muhammadali Tangriyev

Kumush medallar
-78 kg: Shinar Ibrayeva
-90 kg: Ramazon Allaberdiyev

Bronza medallar

-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Muhayyo Ahmatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Farangiz Hojiyeva
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-90 kg: Sultonbek Abdushukurov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting