locale OZ

O'zbekiston AAGC uchunchi bosqichdan so'ng Osiyo yetakchilari qatoridagi o'rnini saqlab qoldi

Chempionat yakuniga qadar Tailand va Taybeyda o‘tkaziladigan yana ikki bosqich qoldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston AAGC uchunchi bosqichdan so'ng Osiyo yetakchilari qatoridagi o'rnini saqlab qoldi
photo: Autosport Uzbekistan

O‘zbekiston jamoasi erkaklar va ayollar juftlik bahslarida ikkinchi o‘rinlar uchun, shuningdek, milliy federatsiyalar hisobida — Best ASN yo‘nalishida uchinchi o‘rin uchun kuboklarni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimizning natijalari:


Erkaklar juftlik bahslari — 2-o‘rin: Dilshod Yusupov va Olim Axmadjanov

Ayollar juftlik bahslari — 2-o‘rin: Sabina Yusupova va Samina Axmadjonova

Aralash juftlik bahslari — Dilshod Yusupov va Sabina Yusupova, 4-o‘rin

Erkaklar yakkalik bahslari — Dilshod Yusupov, 6-o‘rin

Bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston chempionatning umumiy hisobida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Chempionat yakuniga qadar Tailand va Taybeyda o‘tkaziladigan yana ikki bosqich qoldi. Ushbu bosqichlarda mavsumning yakuniy o‘rinlari uchun kurash davom etadi.

Sportchilarimizni va butun jamoamizni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting