locale OZ

Belbog‘li kurash bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafarga sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbog‘li kurash bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
photo: Kurash Uzbekistan

Belbog‘li kurash bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Joriy yilning 14-17 oktyabr kunlari Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani sport majmuasida belbog‘li kurash bo‘yicha kichik o‘smirlar (U15, o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafarga sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Bellashuvlarning birinchi kuni o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishi bo‘yicha 14 ta vazn toifasida kuch sinashgan bo‘lsa, 16 - 17 oktyabr kunlari o‘g‘il bolalar va qizlar belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida o‘zaro bellashishdi. Murosasiz o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida eng ko‘p medallar bilan Buxoro viloyati jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Andijon viloyati terma jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting