locale OZ

Rasman: Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgani uchun diskvalifikatsiya qilindi

Shuningdek, 41 yoshli forvard jarimaga ham tortildi.
Rasman: Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgani uchun diskvalifikatsiya qilindi
photo: gettyimages

Rasman: Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgani uchun diskvalifikatsiya qilindi

Shuningdek, 41 yoshli forvard jarimaga ham tortildi.

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mamlakat futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan 30 kun muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, futbolchi milliy jamoa yig‘ingohini tark etgani uchun 255 yevro miqdorida jarima to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli forvard Millatlar ligasining 3-turi doirasida Daniyaga qarshi o‘yin (4:2) oldidan milliy jamoa ixtiyorini tark etgan. Bu voqea bosh murabbiy Jorje Jezush jamoada hech qanday nizo yo‘qligini ta’kidlaganiga qaramay sodir bo‘lgan.

Shuningdek, Jezush hujumchi bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida yarashuv uchrashuvini o‘tkazishga rozilik bergani haqida ham xabarlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu 2003 yildan buyon Portugaliya milliy jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U milliy jamoa safida 2016 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, Millatlar ligasida ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting