locale OZ

«Bavariya» «Union»ni 7:0 hisobida tor-mor etdi

Olise het-trik qayd etdi.
«Bavariya» «Union»ni 7:0 hisobida tor-mor etdi
ФОТО: Getty images
Bundesliga Germaniya
18.09.2026, Yak.
Bavariya
7
Yunion
0

Bundesliganing 4-turida «Bavariya» o‘z maydonida «Union»ni qabul qildi. Myunxenliklar uchrashuvda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Bavariya» 18-daqiqada hisobni ochdi. Jamal Musiala Alfonso Devisning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ko‘p o‘tmay, myunxenliklar ustunlikni oshirdi. Garri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Maykl Olise ham o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Tanaffusdan keyin «Bavariya» bosimni yanada kuchaytirdi. 54-daqiqada Keyn dubl qayd etdi. 70-daqiqada esa Ismael Saibari myunxenliklarning beshinchi golini urdi.

Uchrashuvning so‘nggi qismi Maykl Oлисening benefit­siga aylandi. Fransiyalik futbolchi 73 va 76-daqiqalarda yana ikki marta gol urib, het-trik qayd etdi.

Natijada «Bavariya» 4 turdan keyin 10 ochko jamg‘arib, Bundesligada peshqadamga aylandi. «Union» esa 1 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting