locale OZ

Asror Aliqulov: \"Zich o‘ynash hozirgi Superligada talab etilmoqda\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror Aliqulov: "Zich o‘ynash hozirgi Superligada talab etilmoqda"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
11.05.2025, Yak.
Mashal
2
Qizilqum
2

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Uchrashuvni yaxshi boshladik. "Qizilqum" jamoasini o‘rganib chiqqandik, tarkibida bo‘ydor futbolchilar ko‘p. Ular va bizdagi hujum imkoniyatlarini chamalab chiqdik. Aytib o‘tganimdek, o‘yinni yaxshi boshladik, birinchi bo‘lib gol urdik. Ikkinchi bo‘lim boshida sustkashliklarga yo‘l qo‘ydik. Himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Oxirigacha kurashdik va gol urdik. Durang ham nazarimda yomon natija emas.

- "Qizilqum"da ishlagansiz, bilamiz. Shundan kelib chiqsa, bu jamoani o‘rganish sizga qiyinchilik tug‘dirmadimi?

- Bu haqida o‘ylamadim. "Qizilqum"ning tarkibi juda kuchli. Men ko‘rgan tarkib deyarli o‘zgarib ketgan. Raqib yakka kurashlarda ko‘proq ustunlikka ega bo‘ldi.

- Murtozayev va Mashovich 2 tadan gol urishdi. Qaysi futbolchini kuchliroq deb hisoblaysiz?

- Mening futbolchim kuchli (kuladi). Baquvvat, maydonda agressiv harakat qiladi. Oxirgi o‘yinlarda yanada yaxshi o‘ynayapti.

- Jamoa tomonidan 9 ta o‘yinda 6 ta gol kiritildi. Bu kam emasmi?

- Ko‘p gol ham o‘tkazib yubordik. Keyin kam gol urayapmiz. Hozir kiyinish xonasida ham aytdim, zich o‘ynash hozirgi Superligada talab etilmoqda",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting