locale OZ

Nikola Lazarevich: \"Muammolar, kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nikola Lazarevich: "Muammolar, kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
11.05.2025, Yak.
Mashal
2
Qizilqum
2

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

""Mash’al"ni yana Superligaga qaytgani bilan tabriklayman. Bu jamoa quvnoq futbol namoyish etadi. Biz navbatdagi o‘yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlikda davom etamiz.

Birinchi bo‘limda jamoamizga faollik etishmadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘zgardi, vaziyatlar yaratdik va gollar urdik. Bugun raqib ham ajoyib futbol namoyish etib berdi. Muammolar, kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz. Ikkinchi bo‘limda bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. "Mash’al" jamoasiga keyingi turlarda omad tilayman.

- "Mash’al" Pro-ligadan chiqib o‘ynayapti. SHundan kelib chiqsak, sizda o‘z jamoangiz kuchli degan fikr bor edimi?

- Biz barcha raqibga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Superliga iur uchrashuvlari oldidan kim Pro-ligadan chiqqanining ahamiyati yo‘qolib qoladi.

Jamoangiz tarkibidagi legioner futbolchilar namoyish etayotgan o‘yinlardan qoniqayapsizmi?
- Barcha futbolchilar har doim maydondagi jang uchun tayyor bo‘lishlari kerak. Legioner futbolchilar yaxshi harakat qilishayapti, jismoniy holatlari ham yaxshi.
- "Qizilqum"da taktikalar qanday tuziladi? Jamoaviy o‘yin muhimroqmi yoki murabbiy uchun ochko muhimroqmi?
- Bu savolni raqobatchi murabbiylarga ham berishgan. Bizga natija ham muhim, jamoaviy futbol ham.
- Mashovich va Murtozaev 2 ta gol urishdi. Sizningcha, ularning qaysi biri kuchliroq?
- Bittasi kuchli. Bizga gol urmaganida ehtimol raqib futbolchisini ham kuchli degan bo‘lardim (kuladi). Men o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqmasligimizni hohlayman",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting