locale OZ

Simeone: «Hozir mavsumning avvalgi qismiga qaraganda ko‘proq gol urmoqdamiz»

Madrid klubi ustozi jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Simeone: «Hozir mavsumning avvalgi qismiga qaraganda ko‘proq gol urmoqdamiz»
Фото: Getty Images
Chempionlar ligasi
13.10.2026, Yak.
Atletico Madrid
2
Manchester Yunayted
0

Ispaniyaning «Atletiko» Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik. Birinchi golga olib kelgan kombinatsiya ajoyib bo‘ldi. Keyinchalik har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq, umuman olganda, biz ko‘proq vaziyatlar yaratdik va to‘pni yaxshiroq nazorat qildik, deb o‘ylayman.

Menimcha, hozir mavsumning avvalgi qismiga qaraganda ko‘proq gol urmoqdamiz. Bunday vaziyatda o‘yinlarni o‘z foydangga hal qilish ancha osonroq bo‘ladi. Ammo himoyadagi harakatlarimiz ustida hali ko‘p ishlashimiz kerak. Raqiblarga darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratish uchun kamroq imkoniyat berishimiz lozim», — deya Simeonening so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting