locale OZ

Angliya Premer-ligasi navbatdagi turi doirasida «Tottenxem» «Nottingem Forest» mehmoni bo‘ldi

Roberto De Dzerbi shogirdlari bu uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmadi.
Angliya Premer-ligasi navbatdagi turi doirasida «Tottenxem» «Nottingem Forest» mehmoni bo‘ldi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
05.09.2026, Yak.
Nottingem F
0
Tottenhem
0

Angliya Premer-ligasi navbatdagi turi doirasida «Tottenxem» «Nottingem Forest» mehmoni bo‘ldi. Roberto De Dzerbi shogirdlari bu uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmadi.

Birinchi bo‘limda londonliklar to‘pga ko‘proq egalik qilgan bo‘lsa-da, bor-yo‘g‘i 4 ta zarba yo‘lladi va ularning hech biri darvoza tomon yo‘l olmadi. «Nottingem Forest» esa 7 marta zarba berib, bir bor nishonni aniq poyladi. Ammo hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda «Tottenxem» faollashdi. 66-daqiqada «Nottingem Forest» futbolchisi to‘pni darvozaga yo‘llagan bo‘lsa-da, qo‘l bilan o‘ynash qayd etilgani sababli gol hisobga olinmadi.

Yakunda uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. «Tottenxem» mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi, ammo haligacha gol ura olmadi. «Nottingem Forest» esa ikki ochkoga ega.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting