locale OZ

Karlsen: «Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar meni reallikka qaytardi»

Magnus Karlsen 7-noyabr kuni UNICEF uchun tashkil etilgan xayriya jonli efirida Nodirbek Abdusattorov bilan mashg‘ulotlari, shahmatdagi intuisiya va kelgusi musobaqalar haqida gapirdi.
Boshqa sport turlari
Karlsen: «Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar meni reallikka qaytardi»
photo: gettyimages

Karlsen: «Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar meni reallikka qaytardi»

Magnus Karlsen 7-noyabr kuni UNICEF uchun tashkil etilgan xayriya jonli efirida Nodirbek Abdusattorov bilan mashg‘ulotlari, shahmatdagi intuisiya va kelgusi musobaqalar haqida gapirdi.

Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar haqida:

«Dunyoning eng yaxshi shahmatchilaridan biri bilan o‘ynab, biroz reallikka qaytasan», — dedi Karlsen.

Uning aytishicha, internetda ko‘plab blis partiyalarini o‘ynash ayrim zararli odatlarni shakllantiradi. Nodirbek bilan mashg‘ulotlar esa bu jihatdan foydali bo‘lgan. Karlsen, shuningdek, Abdusattorov og‘lida ham juda yaxshi taassurot qoldirganini ta’kidladi.

Yurishlarining 90 foizi intuisiyaga asoslanadi

Karlsenning aytishicha, u ko‘pincha faqat bitta nomzod yurishni ko‘rib chiqadi. Ba’zan ikki yoki uchta variantni hisoblaydi. Bundan ko‘prog‘ini izlashga to‘g‘ri kelsa, odatda pozitsiyasida muammo borligini bildiradi.

Total Chess haqida

Karlsen yangi formatni qiziqarli, ammo biroz tashvishli deb baholadi. U musobaqada ishtirok etishni intiqlik bilan kutyaptimi, degan savolga avvaliga hazil bilan javob berdi.

Istanbuldagi jahon chempionatiga boradimi?

Karlsen rapid va blis bo‘yicha jahon chempionatining Turkiyada o‘tkazilishi uning ishtirok etish ehtimolini sezilarli darajada oshirishini bildirdi. Biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.

Shuningdek, Karlsen London tizimi haqida ham fikr bildirib, bu debyut avval o‘ylanganidan ancha boy va murakkab ekanini ta’kidladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting