Sabrina Chakomanova “Dakar 2026” Olimpiadasi yarim finalida
Sabrina Chakomanova “Dakar 2026” Olimpiadasi yarimfinalida.
Senegal poytaxti Dakarda davom etayotgan yoshlar Olimpiadasida Sabrina Chakomonova g‘alabalai odimini davom ettirmoqda.
U chorak final bosqichida germaniyalik Lorin Sayimga qarshi ringga ko‘tarildi. Butun jang mobaynida ishonch bilan harakat qilgan vakilamiz 5:0 hisobida ustun keldi va yarim finalga yo‘l oldi.
Yoshlar Olimpiadasida yana bir vakilamiz yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rushanabonu Isoyeva chorak final bosqichida litvalik Migle Griskonitega qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang ikkinchi raundda o‘z yakuniga yetdi. Vakilamiz raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi va musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi!