G‘azalkent va Respublika FA futbolchilari hamda murabbiylar shtabi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
9-noyabr sanasida, Proliga 26-turidan o‘rin olgan G‘azalkent — Respublika FA (0:3) uchrashuvi davomida ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi.
Futbol
photo: PFL
9-noyabr sanasida, Proliga 26-turidan o‘rin olgan G‘azalkent — Respublika FA (0:3) uchrashuvi davomida ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi.
Bugun har ikki jamoa mutasaddilari, futbolchilar va murabbiylar shtabi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Milliy gvardiya xodimlari ham ishtirok etdi. Profilaktik suhbat ko‘rinishida o‘tkazilgan suhbatda tomonlarga ommaviy tadbirlarini o‘tkazish tartiblari yuzasidan tushuntirish berilib, bu kabi tartibbuzarliklarning huquqiy oqibatlari yuzasidan eslatmalar berib o‘tildi.
O‘z navbatida, Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasi ham mazkur vaziyat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.