Futzal. O‘zbekiston Tojikiston bilan durang o‘ynadi
"Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Futbol
photo: UFF
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Toshkentda Tojikistonga qarshi bahs o‘tkazdi.
"Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
O‘yindagi har ikkala gol ham ikkinchi taymda kiritildi. Dastlab, 36-daqiqada Dilshod Salomov mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 40-daqiqada Davron Choriyev vakillarimizning javob goli muallifi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, bu uchrashuv Bahodir Ahmedovning terma jamoamiz bosh murabbiyligidagi ilk o‘yin bo‘ldi.