Namanganda \"Besh tashabbus olimpiadasi\" doirasida voleybol boyicha viloyat bosqichi o‘tkazildi
Namanganda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol boyicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Namangan davlat texnika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda kechgan musobaqada oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari o‘zaro kuch sinashib, maydonda chaqqonlik, mahorat, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Bellashuvlar davomida jamoalar munosib natija qayd etish, o‘z oliy ta’lim muassasasi sharafini himoya qilish hamda keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar.
Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchi-yoshlarni aniqlashdan iborat.