Hikaru Nakamura ketma-ket 7-hafta Bullet Brawl turnirida g‘olib bo‘lmoqda
Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura Chess.com platformasidagi Bullet Brawl musobaqasida o‘ziga xos rekordli seriyasini davom ettirmoqda.
Boshqa sport turlari
photo: gettyimages
Hikaru Nakamura ketma-ket 7-hafta Bullet Brawl turnirida g‘olib bo‘lmoqda.
Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura Chess.com platformasidagi Bullet Brawl musobaqasida o‘ziga xos rekordli seriyasini davom ettirmoqda.
24-oktabr kuni Nakamura 178 ochko jamg‘arib, 218 nafar unvonli raqibi qatnashgan turnirda yana bir bor birinchi o‘rinni egalladi.
Eng qizig‘i, u musobaqa davomida ketma-ket 23 ta partiyada g‘alaba qozondi!
Nakamuraning natijalari:
Ketma-ket 7 ta Bullet Brawl g‘olibligi
2026-yilning o‘zida 23 ta chempionlik
Turnir tarixida jami 72 ta chempionlik
So‘nggi musobaqada Oleksandr Bortnyk 146 ochko bilan ikkinchi, Yoseph Taher esa 145 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.