Yosh sambochilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro turnirda 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Qozog‘istonning Almati shahri sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi "Elmerek baba" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.
Boshqa sport turlari
photo: sambo Uzbekistan
Yosh sambochilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro turnirda 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Qozog‘istonning Almati shahri sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi "Elmerek baba" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.
Musobaqada Abdushukur To‘xtapo‘latov boshchiligidagi o‘zbekistonlik yosh sambochilar ham ishtirok etishdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Baxtiyor Kaldibayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadali Pardayev kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ro‘zmat Mo‘ydinjonov va Mirzaunar Po‘latov bronza medali bilan yurtimizga qaytishdi.