Toshkentda stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionlari aniqlandi
Kecha "Olimpiya shaharchasi"da stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Tennis
photo: Tennis Uzbekistan
Toshkentda stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionlari aniqlandi
Kecha "Olimpiya shaharchasi"da stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Tartib bo‘yicha 29-marotaba tashkil etilgan Toshkentdagi Osiyo chempionatida 33 ta mamlakatdan jami 235 nafar stol tennisi ustalari qit’a g‘olibligi uchun barcha yo‘nalishlarda bahs olib borishdi.
Bir hafta davom etgan Osiyo chempionatida dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lmish Xitoy terma jamoasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida eng yaxshi natijani qayd etdi.
Yakuniy natijalar:
1. Xitoy (4 ta OLTIN, 4 ta KUMUSH, 5 ta BRONZA)
2. Yaponiya (3 ta OLTIN, 2 ta KUMUSH, 1 ta BRONZA)
3. Koreya Respublikasi (1 ta KUMUSH, 2 ta BRONZA)